Talabalar diqqatiga!

Talabalar diqqatiga!

“Rektor stipendiyasi”ni tayinlash uchun nomzodlar quyidagi mezonlarni bajarishlari shart:

  • “a’lo” va ”yaxshi” baholarga o‘qishi;
    • umumta’lim tayyorgarligida ilmiy-tadqiqotni ijodiy ishlar bilan uyg‘unlashtirishi;
    • Xalqaro va respublika tanlov (konferensiya)larida qatnashishi;
    • nashrdan chiqqan kamida ikkita ilmiy ishlarning mavjudligi (musiqashunoslar uchun);
    • tillarni — davlat tili, rus tili va kamida bitta xorijiy tilni bilishi (Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari davlat tillaridan tashqari).
    Nomzodlar ishini ko‘rib chiqish uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:
    • sinov daftarchasidan ko‘chirma;
    • Xalqaro va respublika tanlov (konferensiya)larining diplomlari (sertifikatlari) nusxalari;
    • konsertlarning afishalari va videoyozuvlari;
    • dekanat, kafedra tavsiyanomalari;
    • ilmiy-ijodiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari (musiqashunoslar uchun).
    Barcha hujjatlar bir nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning to‘plami jildga joylanadi, har bir jild muqovasida talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakultet, kurs va yo‘nalishi ko‘rsatiladi.
    Hujjatlar 2020 yil 20 noyabrgacha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish ishlari bo‘limiga taqdim etiladi va Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘yicha @MuhamedovaFN_UzDK telegram-messendjeriga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Share