«Sharq taronalari 2019»

"Sharq taronalari 2019"

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida joriy yilning 30 senyabr kuni “Sharq taronalari – 2019” Olimlar nigohi bir yil oʻtib, (Sharq xalqlari anʼanaviy musiqasini rivojlantirish istiqbollari) nomli Xalqaro seminar – konferensiyasi masofadan onlayn tarzda oʻtkazildi.
Seminar-konferensiyada xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Koreya Respublikasi, Polsha, Qozogʻiston, BAA va Hindistondan shu sohaning koʻzga koʻringan yetakchi olimlari ishtirok etishdi.
Xalqaro seminar-konferensiyani Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Urinbayev ochib berdi. U oʻz chiqishida konferensiya ishtirokchilarini tabriklab, ilm-fan va musiqa sanʼatini rivojlantirishda shu kabi tadbirlarni oʻrni muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi, shuningdek sharq taronalari festivalini kelgusida yangicha koʻrinishda oʻtkazish boʻyicha oʻz fikr mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi. Seminar davomida stradegik rejalar tuzilib, uning eng asosiy maqsadi milliy xalq musiqasining jahon miqiyosidagi oʻrni belgilash va uning istiqbollini yangi bosqichga olib chiqish borasida soʻz yuritdi.
Xalqaro seminar-konferensiya oʻzaro samimiy muloqot ruxida oʻtdi. Tadbir yakunida xalqaro tashkilot vakillari Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tomonidan tashkil etilgan onlayn seminar-konferensiyasi uchun oʻz minaddorchiliklarini bildirishdi.

Share