Hurmatli abiturentlar!!!

Hurmatli abiturentlar!!!

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi 2020-2021 o‘quv yili uchun 16 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni joriy yilning 2 sentabridan 19 sentabriga qadar o‘tkazadi.
Ijodiy sinovlar faqatgina kasbiy talablar asosida 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi binosida, shuningdek, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga tegishli 2 ta ta’lim yo‘nalishi (an’anaviy xonandalik, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi) bo‘yicha O‘zbekiston davlat filarmoniyasi binosida karantin tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda o‘tkaziladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan har bir abiturientga imtihonlar sanasi va vaqti ko‘rsatilgan rektor “Xabarnoma”si yuboriladi.
Imtihon jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha barcha ma’lumotlarni konservatoriya.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

 

Share

Tavsiya etilgan