Oliy ta’lim: masofaviy o’qitish texnologiyalari

Oliy ta'lim: masofaviy o'qitish texnologiyalari

Habaringiz bor, respublika oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini uzluksizligini ta’minlash hamda talabalarning bilim olish faoliyatini masofadan turib metodik qo’llab-quvvatlash maqsadida 2020 yil 1 apreldan masofaviy ta’lim platformalari ishga tushirilgan edi.

Bunday platformalar avvalom bor, imkoniyati bor talabalarga mutlaqo yangi formatdagi, ya’ni virtual muhitda talabalar va o’qituvchi auditoriyasini shakllantirish orqali o’quv jarayonini tashkil etish imkoniyatini berdi.

Bir so’z bilan aytganda, qisqa muddatda ham texnik jihatdan, ham dasturiy ta’minot va resurslarni shakllantirish bo’yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Albatta bularning zamirida kattagina moliyaviy xarajatlar turadi, dunyo tajribasida ham yangi formatdagi o’quv jarayonini tashkil etish dastlabki bosqichda kattagina resurslarni sarflashni taqozo etadi.

Masofaviy bajarish imkoni yo’q laboratoriya ishlari pandemiya tugagandan keyin o’tkazilishi rejalashtirildi. Shuningdek, turli sabablarga ko’ra masofaviy ta’lim olmagan talabalarga pandemiya tugagandan keyin o’qishlarini an’anaviy shaklda davom ettirishga va fanlarni o’zlashtirishlariga imkon berilmoqda, ya’ni bu talabalarga ham keyingi kursda o’rnatilgan muddatlarda o’qishni davom ettirishga imkoniyat yaratiladi.

Share

Tavsiya etilgan