Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing o’tkazildi. Brifingda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi:

Avval ma'lum qilinganidek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing o'tkazildi.  Brifingda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi:

Magistraturaga hujjat topshirdim. Kirish imtihoni to’g’risida batafsilroq axborot bersangiz.

Kirish imtihonlari mutaxassislik fani va xorijiy tildan — test ko’rinishida bo’ladi.

Mutaxassislik fani imtihonida bakalavriatda o’rganilgan mutaxassislik fanidan tashqari ilmiy-pedagogik layoqatni va IQ darajasini aniqlashga qaratilgan testlar ham kiritiladi.

Kirishi imtihonlarini 3 avgustdan boshlash rejalashtirilgan edi. Barchangizga ma’lum, pandemiya rejalarimizga o’zgartirishlar kiritmoqda. Shu boisdan magistraturaga qabul imtihonlari vaqti ham Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

O’zbekiston fuqarosiman, xorijiy davlatda tahsil olaman. O’qishimni O’zbekistondagi OTMga ko’chirishda amaliy yordam ko’rsatishingizni so’rayman.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Transfer.edu.uz sayti orqali yoshlarni o’qishlarini kuchirish uchun arizalarini onlayn qabul qilish yo’lga qo’yilgan.

Joriy yilning 5 avgustigacha Siz ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Men 1-bosqichni tamomlaganman. Boshqa oliy ta’lim muassasasiga o’qishimni ko’chirmoqchiman. Transfer.edu.uz platformasi orqali ma’lumotni to’ldirayotganimda nechanchi bosqich deb tanlayman: 1-bosqichmi yoki 2-bosqichni tanlaymanmi?

Agar birinchi bosqichni tugatgan bo’lsangiz, Transfer.edu.uz platformasi orqali ma’lumotni to’ldirishda 2-bosqich deb tanlaysiz.

Ya’ni, talaba qaysi kursga o’tgan bo’lsa, shuni ko’rsatadi.

Misol uchun, 1-kursni tugatgan bo’lsangiz, 2-kursni tanlaysiz, 2-kursni tugatganlar 3-kursni, uchinchi kursni tamomlaganlar esa 4-kursni ko’rsatadi.

Share

Tavsiya etilgan