Vazirlik call-markazi fuqarolar savollariga javob bermoqda

Vazirlik call-markazi fuqarolar savollariga javob bermoqda

2020-2021 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abiturientlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida Call-markaz tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Vazirlik koll-markaziga malakali mutaxassislar jalb etilib, zarur shart-sharoit yaratilgan. Bugungi kunda call –markazi mutaxassislari hamyurtlarmizni qiziqtirgan savollarga javob berib kelmoqda.

So’nggi kunlarda fuqarolardan asosan respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalariga o’qishini ko’chirish va tiklash (transfer.edu.uz) , magistraturaga hujjat topshirish (magistr.edu.uz) masalalarida qo’ng’iroqlar bo’lmoqda.

Agar sizda ham oliy ta’lim tizimiga oid savollar bo’lsa, (71) 246-38-57 telefon raqami orqali bog’lanib, javob olishingiz mumkin.

❗️Call-markaz dushanbadan shanbagacha har kuni soat 9:00dan 17:00ga qadar (tushlik – soat 13:00 dan 14:00gacha) faoliyat ko’rsatadi.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi call-markazi raqami: (71) 2️⃣4️⃣6️⃣- 3️⃣8️⃣ – 5️⃣7️⃣

Share

Tavsiya etilgan