Korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi birgalikda kurashamiz

Korrupsiya va poraxo'rlikka qarshi birgalikda kurashamiz

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 24, 28 iyuli kunlari barcha OTMlar rahbarlari, professor-o’qituvchilari va mutaxassis-xodimlari ishtirokida “Korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi onlayn uchrashuvlar tashkil etildi.

Bugun mazkur uchrashuvlarning uzviy davomi sifatida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda seminar o’tkazildi.

Onlayn tadbirni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari Yusuf Absoatov ochib berdi. U o’z nutqida oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar hamda qabul jarayoni, ta’lim berish va talabalar bilimini baholash, professor-o’qituvchilarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida so’z yuritdi.

Shu bilan birgalikda, seminarda Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi Botir Matmuratov, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Raximjon Xakimov va boshqalar oliy ta’lim tizimida korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mavzularida ma’ruza qildilar.

Seminarda 450 nafardan ortiq ishtirokchi – vazirlik xodimlari, respublikadagi barcha OTMlar prorektor (direktor o’rinbosari)lari, fakulitet dekanlari, qabul komissiyasi mas’ul kotiblari va o’rinbosarlari qatnashdi.

Seminar yakunida bu salbiy illatga qarshi birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib kurashishga hamda oliy ta’lim tizimini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish maqsadiga erishish uchun tizimning barcha salohiyatini safarbar etishga kelishib olindi.

Share

Tavsiya etilgan