Korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi birgalikda kurashamiz!

Korrupsiya va poraxo'rlikka qarshi birgalikda kurashamiz!

Joriy yilning 27 iyuli kuni O’zbekiston davlat konservatoriyasida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 iyuldagi 87-06-599-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini shuningdek O’zbekiston davlat konservatoriyasining 10 iyuldan 1 avgustga qadar bo’lgan davrda professor-o’qituvchilar va talaba – yoshlari orasida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasining bajarish maqsadida “Korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida “ZOOM” dasturi platformasida onlayn suxbat tashkil etildi. Suxbatda konservatoriya professor – o’qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etishdi. Onlayn tadbir mehmoni O’zbekiston xalqaro islom akademiyasining katta o’qituvchisi, falsafa fanlari doktori Ubaydullaev Imommuxammad so’zga chiqib, davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo’lgan ishonchiga jiddiy putur etkazadigan xavf – korrupsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlar Respublikamizda izchillik bilan amalga oshirilib, tizimli ishlar qilinayotgani haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Korrupsiya va poraxo’rlikning salbiy oqibatlari haqida misollar keltirib, ishtirokchilarni ogohlikka chaqirdi.Tadbir davomida ishtirokchilari o’zlari qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar olishdi.

O’zbekiston davlat konservatoriyasi
Axborot xizmati

Share

Tavsiya etilgan