Oliy ta’limning qaysi bo’g’inlarida korrupsiyaviy risklar kuzatilayotgani ma’lum qilindi!

Tashvishlanarlisi, oliy ta’lim muassasalarida pora so’rash, byudjet mablag’larini o’zlashtirish o’quv-ta’lim jarayonlarining deyarli har bir bo’g’inida qayd etilmoqda.
Korrupsiyaviy risklar asosan quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
👉 ijodiy imtihoni bor fakultetlarga o’qishga kiritib qo’yish;
👉 o’qishni bir oliy o’quv yurtidan boshqasiga ko’chirish, fakultet yoki yo’nalishni o’zgartirish;
👉 kitob yoki ilmiy maqolalarni nashr etishda rahbar o’zini muallif qatoriga qo’shishi;
👉 talabani yotoqxonalarga joylashtirish (100 ming so’mdan 200 dollargacha);
👉 kurs ishlari, bakalavr bitiruv malakaviy ishini qabul qilishda;
👉 dars soatlarini taqsimlash, ishga qabul qilish, lavozimni o’zgartirish, ta’lim muassasasida ishlamaydigan shaxslarga, ya’ni “o’lik jon”larga ish haqi hisoblash;
👉 soxta diplomlar mavjudligi, diplomlarni nostrifikasiya qilishda poraxo’rlik va korrupsiyaning boshqa shakllari mavjud;
👉 qurilish uchun ajratilgan mablag’larni o’zlashtirish, kanselyariya mollari uchun ajratilgan mablag’larni tanish korxonalarga pul ko’chirish yo’li bilan (narxlari oshirilgan holda) sotib olish va o’rtadagi farqni haq sifatida olish;
👉 oliy ta’lim muassasalari hududidagi nashriyot, savdo do’kon, oshxonalar faoliyati yuzasidan ijara pullarini shartnomalarda kam rasmiylashtirib, qolgan summani naqd holatda o’zlashtirish.
Tavsiya etilgan

Diqqat e’lon!
Aprel 9, 2021

Yangilik
Aprel 7, 2021

Universitet kasaba uyushmasi kubogi
Aprel 3, 2021