Diqqat e’lon

Diqqat e'lon

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
“2019/2020 O’QUV YILIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O’QISHGA QABUL QILISHNING DAVLAT BUYURTMASI PARAMETRLARI TO’G’RISIDA”gi PQ-4359-son QARORIga asosan
Oliy ta’lim muassasalariga 2019/2020 o’quv yilidan boshlab vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalarining (ish beruvchilar) ehtiyojlaridan kelib chiqib, kunduzgi bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga mos bo’lgan yo’nalishlar doirasida tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida sirtqi va kechki ta’lim shaklida o’qitishni tashkil etish huquqi berilgan. Bunda, o’qishga qabul qilish tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan xodimlar hisobidan keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos bo’lgan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga suhbat natijalariga asosan amalga oshirilishi belgilangan.
Shu sababli O’zbekiston davlat konservatoriyasi 2020/2021 o’quv yili uchun 5 yil stajiga ega bo’lgan xodimlarndan sirtqi bo’limiga xujjatlarni qabul qilishni boshlaganini ma’lum qilamiz.

O’zbekiston davlat konservatoriyasiga 5 yil stajiga ega bo’lgan abiturientlar uchun
sirtqi bo’limiga taqdim etiladigan xujjatlar ro’yxati:
O’zDK rektori nomiga ariza (konservatoriya.uz veb saytida yoki t.me/konservatoriyauz telegramm kanalidan ariza na’munasini yuklab olish mumkin)
Pasport (propiskasi bilan)
Diplom (ilovasi bilan) yoki 11 yillik maktab (shaxodatnomasi)
Ish joyidan tavsiyanoma
Mexnat daftarchasi
Ma’lumotlar (PDF yoki RaR) formatida madaniyat2030@gmail.com elektron manziliga 2020 yil 31 iyuli sanasi qadar jo’natilishi kerak. Murojaat uchun tel.: +998 71 244 91 13

Share

Tavsiya etilgan