Navbatdagi kengash yig‘ilishi hamda qabul jarayonlarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha rektor murojaati

Navbatdagi kengash yig‘ilishi hamda qabul jarayonlarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha rektor murojaati

Joriy yilning 14 iyul kuni ZOOM dasturi orqali masofadan onlayn tarzada O‘zbekiston davalat konservatoriyasining navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining Hay’at majlisi qarorlari, buyruqlari ijrosi shuningdek Jismoniy va yuridik shaxslar murojaati to‘g‘risida “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi boshlig‘i axboroti tinglandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga ilmiy unvonga olishga hamda konservatoriya kafedralarida vakant bo‘lgan lavozimlarga berilgan e’lon asosida nomzodlar ko‘rib chiqildi. 2020/2021 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, A.Navoiy va I.Karimov nomli stipendiyalarga nomzodlar haqida ma’lumotlar berilib, o‘rnatilgan tartibga binoan kengash tomonidan keyingi bosqichga tavsiya etildi.
O‘zDKning bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2020-2021 o‘quv yili uchun yangitdan tayyorlanayotgan o‘quv reja, fan dasturlari va o‘quv-uslubiy majmualar borasida ma’lumotlar berish bilan birga qabul komissiyasining ma’sul kotibining 2020-2021 o‘quv yili qabuliga tayyorgarlik jarayonlari xususida axboroti tinglandi.
Shundan so‘ng kengashi raisi Kamoliddin Urinbaev O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari va xodimlarga qabul jaryonlarda korrupsiyani oldini olish bo‘yicha murojaat qildi.
Murojaatda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, korrupsiyaning ta’lim sohasida uchrayotgan juda achinarli holat ekanligini, buning natijasida endigina katta hayotga qadam qo‘ygan yoshlar ongida ijtimoiy adolatga, haqiqatga, davlat organlari va mansabdor shaxslarga bo‘lgan ishonchni susaytirishga olib kelayotganini aytib o‘tib, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida bunday illatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida abiturentlar va ularning ota-onalari ishonchlarini to‘liq oqlash uchun barcha kirish imtihonlarini ochiqlik, shafoflik va halolik bilan o‘tkazish natijada esa eng iqtidorli, bilimli yoshlar konservatoriyaga qabul qilinib tahsil olishlariga barcha zaruriy shart sharoitlar yaratish uchun bor imkoniyatlarni jalb qilinishini, bu borada strategik rejalar asosida ishlar olib borilayotganligini ma’lum qildi.
Har bir rahbardan, professor-o‘qituvchidan va xodimlardan abiturentlar va ularning ota-onalariga o‘qishga kirg‘azib qo‘yish bo‘yicha yolg‘on vada berilmasligini so‘radi. Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlarini sodir etgan O‘zDK jamoisi a’zosi – u kim va qaysi lavozimda ishlashdan qat’iy nazar, unga nisbatan “Qonun ustvor-jazo muqarrar”ligini ta’minlanishini ta’kidladi.

O‘zbeksiton davlat konservatoriyasi
Axborot xizmati

 

Share

Tavsiya etilgan