Taziyanoma

Taziyanoma

O’zbekiston davlat konservatoriyasi professori, O’zbekiston xalq hofizi, o’zbek maqom san’ati ustasi, xalq ardog’idagi ustoz san’atkor Mahmudjon Tojiboev 63 yoshida olamdan o’tdi.

Mahmudjon G’ozievich Tojiboev 1957 yil 25 noyabrda Farg’ona viloyatining Quva tumanida tug’ilgan. Nozik didli, dardli, keng diapazonli ovoz sohibi. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1984).

Qo’shiq aytishni dastlab E.Mamatov, G’.Hojiqulovdan, keyinchalik xofizlik an’analarini O.Otaxonov, O. Alimahsumov, O.Hotamov va F.Mamadalievdan o’zlashtirgan, sozandalik sirlarini T.Alimatovdan o’rgangan.

Xonanda va sozanda. O’zbekiston xalq hofizi (2000). Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli yakkaxoni (1984 yildan), O’zbekiston davlat konservatoriyasi dosenti (2000) bo’lgan.

Repertuaridan Shashmaqom (“Saraxbori Navo”, “Saraxbori Dugoh”, “Mo’g’ulchai Segoh”, “Navro’zi Sabo”, “Nimcho’poniy” va b.) va Farg’ona—Toshkent maqom yo’llari (“Dugoh”, “Chorgoh”, “Ushshoq”, “Shahnozi Gulyor”, “Bayot» va b.), katta ashula (“Yovvoyi Chorgoh”, “Yolg’iz”, “Ey dilbari jononim” kabi), mumtoz (“Topmadim”, “Asiriy” va “Ldoiy”, “Chorzarb”, “Bozurgoniy”) va 20-a. bastakorlari (“Keldik”, “Nazzora qil”, K. Jabborov; “Kezarman”, F. Toshmatov; “Jonim erursan”, M. Murtazoev; “Dilrabolar”, O. Nuriddinov; “Bu oqshom”, O. Hotamov va b.) asarlari o’rin olgan.

Osiyo, Amerika, Evropa va Shim. Afrika mamlakatlarida gastrodda bo’lgan. Yunus Rajabiy nomidagi Respublika makom ijrochilari tanlovi g’olibi (1987).

Mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson O’zbekiston davlat konservatoriyasi professori, O’zbekiston xalq xofizi Maxmudjon Tojiboevning yorqin xotirasi qalbimizda hamisha saqlanib qoladi.

O’zbekiston davlat konservatoriyasi rahbariyati hamda jamoasi Mahmudjon Tojiboevning oila-a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor qiladi.

Share

Tavsiya etilgan