Bugun AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytardi.

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytardi.

❓Ijodiy imtihon topshiradigan abiturientlar ham 111.500 so’m miqdorida pul to’laydimi?

❗️Yo’q, Respublika oliy ta’lim muassasalarida ijodiy imtihonga kiradigan abiturientlar 111.500 so’m miqdoridagi pulni to’lashmaydi. Bu faqat test topshiradigan abiturientlar uchun belgilangan.
〰️〰️〰️〰️〰️

❓Sirtqi talim shaklida ham 5 ta yo’nalishni tanlash mumkinmi?

✔️Fanlar majmuasi bir xil bo’lsa, abiturient sirtqi ta’lim shaklida ham 5 ta yo’nalishni tanlash imkoniyati mavjud. Faqat sirtqi ta’lim shaklida o’qish muddati 5 yilni tashkil etadi.
〰️〰️〰️〰️〰️

❓Ijodiy imtihonlar abiturientlar yashab turgan hududda o’tkaziladimi yoki hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasidami?

💻Ijodiy imtihonlarni o’tkazish vaqti (soati) va joyi oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tegishli vazirlik bilan kelishilgan holda belgilanadi.

⚡️Test sinovlari bilan bir qatorda o’tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni 2020 yilning 25 iyuligacha yakunlash, alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo’nalishlari kirish imtihonlarini 2020 yil 25 iyuldan 20 avgustgacha o’tkazish belgilangan.
〰️〰️〰️〰️〰️

❓Nogironligi bo’lgan shaxslarning ota-onalarini o’qishga qabul qilishda imtiyozlar bomi?

📈Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 2 iyundagi 417-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq nogironligi bo’lgan shaxslar uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining umumiy qabul parametrlariga nisbatan ikki foizli qo’shimcha (alohida) davlat granti kvotalari ajratiladi.

⛔️Qarorda nogironligi bo’lgan farzandlari bor ota-onalar uchun imtiyoz nazarda tutilmagan.
〰️〰️〰️〰️〰️

❓Kimlar chin etimlar toifasiga kiradi?

📎O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiklangan «Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq to’liq davlat ta’minotidagi chin etim bolalar toifasiga otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki sud qaroriga binoan vafot etgan, deb e’lon qilingan, 18 yoshga to’lmagan, «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari kirishi belgilangan.
〰️〰️〰️〰️〰️

❓Oliy ta’limda o’quv jarayonini optimallashtirish bo’yicha nima ishlar qilinmoqda?

📉Oliy ta’lim yo’nalishlari (mutaxassisliklari) o’quv rejalaridagi fanlar hajmini optimallashtirish evaziga fanlar sonini qisqartirildi. Ilgari fanlar soni 35-40 tani tashkil etgan bo’lsa, hozirda bu ko’rsatkich 30-35 tani tashkil etadi. Shu bilan birga nomutaxassislik fanlar 2 barobarga qisqartirildi.

📈Kasbiy kompentensiyalarini kuchaytirish maqsadida o’quv rejadagi amaliyot dars soatlari oshirildi. Ilgari amaliyot dars soatlari 30-40 %ni tashkil qilgan bo’lsa, hozirda 50-60% tashkil qilmoqda.

📱2020-2021 o’quv yilidan boshlab o’quv jarayoni reyting tizimidan kredit-moduli tizimiga o’tkazilmoqda.

❓Magistraturaga hujjatlarni qabul qilish onlayn amalga oshirilishi belgilangan edi. Shu haqda bersangiz?

🌐 Hujjat topshirish magistr.edu.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi. Tizim 24 soat davomida uzluksiz ishlamoqda. OTMlarda hujjat qabul qilinmaydi!

〽️Qabul jarayoni 1 iyuldan boshlangan va 30 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. 1 iyuli kunining o’zida 400 dan ortiq hujjat ro’yxatdan o’tkazildi.

❗️Hujjat topshirish uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlar:

🔹 Pasport ma’lumotlari to’ldiriladi. Bunda abiturient JShShIR (Jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikasion raqami)ni hamda pasport seriyasi va raqamini kiritishi kifoya. Pasportning skaner yoki rasm varianti talab etilmaydi;

🔹 Doimiy yashash manzili (ya’ni propiska bo’yicha) kiritiladi;

🔹 Bakalavrda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari kiritiladi;

🔹Diplomning rasmi hamda baholar qayd etilgan ilovaning skaner varianti yuklanadi;

🔹 Agar abiturient imtiyozlarga ega bo’lsa, ya’ni chet tilini bilish sertifikati, olimpiadalar g’olibligi, Prezident yoki nomli stipendiya sohibi ekanligi va h.k.larni tasdiqlovchi hujjatlar kiritiladi;

🔹 Hujjat topshirmoqchi bo’lgan mutaxassisligini tanlaydi.

🚫 Abiturientdan shundan boshqa qo’shimcha hujjatlar, masalan fotosurat, maqolalarining nusxasi, tibbiy ma’lumotnoma talab etilmaydi.

❌ Noto’g’ri rasmiylashtirilgan yoki qalbaki hujjat qabul qilinmaydi.

〰️〰️〰️〰️〰️

❓Men hozirda tahsil olayotgan universitetimdan 2-kursni boshqa bir oliy ta’lim muassasasiga o’tkazmoqchiman. Kimga murojaat qilishim va qanday hujjatalarni taqdim etishim kerak?

⚡️Nizomga muvofiq fuqarolar o’qishini ko’chirish uchun Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhiga 2020 yil 15 iyuldan 5 avgustga qadar bo’lgan muddatda murojaat qilishlari mumkin.

🌐 Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash jarayonini tashkil etishda onlayn rejimda hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

❗️O’qishini ko’chirish istagini bildirgan fuqarolardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

▫️ Ko’chirish (qayta tiklash)ni istagan ta’lim yo’nalishi (mutaxassisligi), o’quv tili va shakli ko’rsatilgan holdagi ariza (arizada o’qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo’nalishi (mutaxassisligi), ta’lim shakli, maqsadli qabul bo’yicha o’qishga kirmaganligi, ko’chirish (qayta tiklash) sabablari, ko’chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko’rsatiladi);

▫️ Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari;

▫️ Pasport nusxasi.

Share

Tavsiya etilgan