«O’zbekiston belgisi» ko’krak nishonini tantanali topshirish marosimi

"O'zbekiston belgisi" ko'krak nishonini tantanali topshirish marosimi

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida  milliy ma’naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg’usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o’zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obro’si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib namuna ko’rsatayotgan bir guruh yoshlarga “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishonini tantanali topshirish marosimi joriy yilning 27 iyuni kuni bo’lib o’tdi.

Unda qator vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Ko’tarinki ruhda o’tgan tadbirda jami 41 nafar yoshlar mukofotlandi. Ular orasida O’zbekiston davlat konservatoriyasining «Musiqa ta’lim» fakuliteti, «Torli cholg’ular» ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi Mahkamova Muslimaxon Akromxon qizi ham sazovor bo’ldi.

Share