Qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Bugun, 27 iyuni Sizlar uchun qadrli kun – kasb bayrami. Avvalo, ushbu bayramingiz – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan Siz azizlarni chin qalbimdan tabriklayman.

Sir emaski, matbuot, ommaviy axborot vositalari ishi hamma davrlarda ham og’ir va mas’uliyatli bo’lgan. Yurtimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, so’z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi paytda bu javobgarlik hissi yanada kuchaymoqda. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida hayotimizdagi ijobiy o’zgarishlar tahlili, sog’lom tanqidiy ruh tobora avj olib borayotgani quvonarli hol.
Fursatdan foydalanib biz bilan birgalikda faoliyat olib borayotgan, yurt ravnaqi uchun o’zining munosib hissasini qo’shayotgan sizdek qadrdon jurnalistlarni, yosh ijodkorlarni, sharafli kasb fidoiylarini yana bir bor samimiy muborakbod etaman. Sizlarga muvaffaqiyat, yorqin yutuqlar va farovonlik tilayman!

O’zbekiston davlat konservatoriyasining rektori,
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist
Kamoliddin Urinbaev

Share