O’zbekiston davlat konservatoriyasi «Magistratura» bo’limi talabalarining hisoboti

O’zbekiston davlat konservatoriyasi "Magistratura" bo'limi talabalarining hisoboti

Joriy yilning 24 iyun kuni O’zbekiston davlat konservatoriyasi «Magistratura» bo’limi talabalari ZOOM dasturi orqali bajarilgan ishlar bo’yicha masofadan hisobotlarini taqdim etdilar. Hisobotlarni magistratura bo’limi boshlig’i M.Abrorova va Ilmiy bo’lim boshlig’i B.Ashurov tingladilar. Magistrantlarga pandemiya davrida ilmiy ishlar bo’yicha yanada faol izlanish, ilmiy jurnal va to’plamlarda tadqiqotlari mavzusi doirasidagi maqolalarni chop ettirish vazifasi berildi. Uchrashuvda 2-bosqich magistrantlari dissertasiya himoyasiga to’liq tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar. Eslatib o’tamiz, magistrantlar himoyasi onlayn tarzida joriy yilning 29 iyuni kuni o’tkazilishi rejalashtirilgan.

#Ta’lim_oling
#Uyda_qoling

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/UzDK_5tashabbus

Share

Tavsiya etilgan