Talaba yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishda badiiy asarlarning o’rni” nomli konferensiya ZOOM dasturi orqali onlayn tarzda o’tkazildi.

Talaba yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirishda badiiy asarlarning o'rni” nomli konferensiya ZOOM dasturi orqali onlayn tarzda o'tkazildi.

Bugungi kunda yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan yosh avlodning jismonan va ma’nan barkamol bo’lib voyaga etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilmoqda. Ayniqsa, yoshlar qalbida kitob va adabiyotga mehr uyg’otishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz joriy yilning 20 may kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’ida barpo etilgan Adiblar hiyoboniga tashrifi chog’ida “Adabiyot xalkning yuragi, elning ma’naviyatini ko’rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yul topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak “ deya ta’kidlab o’tdilar.
O’zbekiston davlat koservatoriyasi O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tillar va adabiyot kafedrasi hamkorligida “Talaba yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishda badiiy asarlarning o’rni” nomli konferensiya ZOOM dasturi orqali onlayn tarzda o’tkazildi.
Mazkur konferensiyada Malayziya ta’lim vazirligi huzuridagi ingliz tilini o’qitish markazi professori, doktor Faysal Muhammad qatnashdi. Shuningdek, konferensiyada O’zDKning talabalari o’zlarining sevimli o’qigan kitoblari haqidagi videoroliklarini taqdim etdilar:
1. Kabulov Baxrom – Maqsud Shayxzoda “Mirzo Ulug’bek”
2. Mirzaraxmedova Anora – Pirimkul Qodirov “Yulduzli tunlar”
3. Diana Amanberdieva – Chingiz Aytmatov “Plaxa”
4. Otabek Mirzajonov – Muxammad Yusuf ijodi xaqida
5. Rustamova Sarvinoz – Alisher Navoyi “Xiqmatlar xazinasi”
6. Xakimov Jur’atbek – Pirimkul Qodirov “Xumoyun va Akbar”
7. Qo’ldosheva Maftuna – V.G.Korolenkov “Ko’r musikachi”
8. Sharafutdinova Muslima – Muxammad Tursun “Soxilsiz dengiz”
va ularning o’qituvchilari:
Nurmatova Sevara Xayrullaevna
Raxmonova Sayyora Radjabovna
3. Akbarova Moxichexra Rifatillaevna
4. Abdullaeva Munavar Abdulaxadovna
5. Talipova Nilufar Abduvasikovna
Konferensiya sermazmun bo’lib, juda kizikarli o’tdi, talabalar rus, o’zbek va ingliz tillarda bemalol so’zlashdilar. Ushbu konferensiyada ko’p talabalar katnashib, o’zining sevimli kitoblarni mutoala kildilar. Kitoblarni mazmuni turlicha bo’lganligi sabab, talabalarimizni fikrlash doirasi juda xam keng, qo’pkirrali va sermazmunligini qo’rsata olishdi.
Konferensiya yakunida o’qituvchilar katnashgan talabalarga minnadorchilik bildirdilar va ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

O’zbekiston davlat konservatoriyasi
Matbuot xizmati

Share

Tavsiya etilgan