Hurmatli do’stlar, Qadrli hamkasblar !

Hurmatli do'stlar, Qadrli hamkasblar !

Habaringiz bor, kuni kecha meni O’zbekiston davlat konservatoriyasi rektori etib tayinlashdi. Hurmatli Yurtboshimizning menga bildirgan yuksak ishonchlari uchun cheksiz minnatdorman.

Bu men uchun kutilmagan voqea bo’ldi. Albatta bundan buyon Konservatoriya nafaqat ta’lim maskani, balki san’at o’chog’iga aylanishi, bu erda ijodiy muhit qaror topishi uchun bor kuch-g’ayratimni ayamayman.

Ishonchim komilki, Sizlarning yordamingiz bilan biz o’zim ta’lim olgan Konservatoriyani xalqaro darajaga olib chiqish uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Meni tabriklab chin yurakdan bildirilgan barcha tilaklar va ishonch uchun samimiy minnatdorchilik izhor qilaman hamda O’zbekistonda musiqa san’ati rivoji uchun o’z munosib hissamni qo’shishga va bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman.

Kamoliddin Urinbaev,
O’zbekiston davlat konservatoriyasi rektori,
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist

Share

Tavsiya etilgan