Konservatoriya magistrantlari bilan onlayn uchrashuv

Konservatoriya magistrantlari bilan onlayn uchrashuv

Joriy yilning 17 iyuni kuni O’zbekiston davlat konservatoriyasi Ilmiy bo’lim boshlig’i B.Ashurov va Magistratura bo’limi boshlig’i M.Abrorova ZOOM dasturi orqali konservatoriya magistrantlar bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda qatnashgan magistrantlar 2019-2020 o’quv yilida bajargan ishlari bo’yicha hisobotlarini tingladi va ilmiy izlanishlari, pandemiya sabab yuzaga kelgan muammolar haqida axborot berdilar. Muammolarni bartaraf etish masalalari atroflicha o’zaro muhokama qilindi. M.Abrorova magistrantlarni internet tarmoqlari orqali o’tkazib kelinayotgan onlayn konferensiyalarda qatnashishga, gazeta va jurnallarda dissertasiya mavzusi doirasida ilmiy maqolalar nashr ettirish bo’yicha ko’rsatmalar berib, karantin davrida kitob o’qishga, ilmiy izlanishlarni davom ettirishlariga aytib o’tdi. Samimiy muloqot chog’ida magistrlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusida bu kabi uchrashuvlarni muntazam o’tkazilishi istagini bildirdilar.

Eslatib o’tamiz, bu yilgi magistratura bo’yicha davlat attestasiya imtihoni 29 iyunda onlayn o’tkazilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar magistraturaning 11 mutaxassisligi bo’yicha dissertasiyalar yozib tugallanib, himoya jarayonlariga tayyor holatda. Mazkur o’quv yilida ja’mi 35 magistrant konservatoriyani tugallaydilar.
Magistrlarga va ularning ilmiy rahbarlariga ijodiy zafarlar tilaymiz!!!

Share

Tavsiya etilgan