TAYINLOV!!!

TAYINLOV!!!

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, Yoshlar simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori Kamoliddin O’rinboev Davlat konservatoriyasi rektori etib tayinlandi.
Kamoliddin O’rinbaev 1985 yilda tug’ilgan, 2007 yilda O’zbekiston davlat konservatoriyasini, 2009 yilda mazkur konservatoriyaning magistraturasini, 2014 yilda P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasini tamomlagan. Mutaxassisligi orkestr sozandasi ( g’ijjak), opera-simfonik orkestri dirijyori.
O’zbekiston Yoshlar simfonik orkestri asoschisi, badiiy rahbari va bosh dirijyori. Milliy simfonik orkestr (Davlat filarmoniyasi) bosh dirijyori sifatida ham faoliyat ko’rsatgan, shuningdek, konservatoriyada dars bergan.
O’rganish natijalari va bildirilgan fikrlarga ko’ra K.O’rinbaev o’zbek va jahon klassik musiqa durdonalarini yaxshi biladigan, simfonik orkestrlar faoliyatini samarali tashkil eta oladigan, bu yo’nalishda dunyoning ko’plab mamlakatlaridagi hamkasblari bilan doimiy aloqa o’rnatgan malakali mutaxassis hisoblanadi.

Share

Tavsiya etilgan