O’zbekiston davlat konservatoriyasida onlayn attestatsiya

O'zbekiston davlat konservatoriyasida onlayn attestatsiya

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida joriy yilning 8-10 iyun kunlari “Maxsus fortepiano” kafedrasi bitiruvchi talabalari yakuniy davlat attestatsiyasini onlayn tarzda topshirishdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, A.Navoiy nomidagi Davlat katta teatri kompozitor Anvar Ergashev Davlat attestatsiyasi komissiyasi raisiligida hamda komissiya a’zolari kafedra mudiri dotsent M.M.Fayzieva, professor N.Sh.Polatxanova, katta o‘qituvchi V.A.Umarova kotibligida jami 28 nafar bitiruvchilarining ijro mahorati eshitildi va baholandi.
Talabalar dasturda belgilangan barcha asarlar namunalarni to‘liq ijro etdilar.
Barcha jarayonlar karantin talabalariga qa’tiy rioya qilgan holda va masofadan onlayn tarzda amalga oshirildi.
Kafedra bitiruvchilari FM 109 Yoshlar kanali orqali ustozlariga o‘z to‘rt yillik ta’lim va tarbiya uchun o‘z minnadorchiligini bildirishdi.
Biz ham barcha bitiruvchilarni hayot va ijod yo‘llarida hamisha omad hamrohlari bo‘lishini tilab qolamiz.

 

Share

Tavsiya etilgan