O’zbekiston davlat konservatoriyasida onlayn attestatsiya o’tkazilmoqda

O'zbekiston davlat konservatoriyasida onlayn attestatsiya o'tkazilmoqda

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida joriy yilning 10-11 iyun kunlari “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi bitiruvchi talabalari ham respublikadagi barcha OTM talabalari kabi yakuniy davlat attestatsiyasini onlayn tarzda topshirishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Kompozitor va bastakorlar uyushmasi raisi o‘rinbosari, kompozitor, professor Xabibulla Raximov raisi boshchiligidagi davlat attestatsiyasi komissiyasi a’zorlari kafedra mudiri professor Baxodir Mirpayazov, professor v.b Qaxramon Nazirov, dotsent Rozibi Xodjaeva hamda katta o‘qituvchi Fayzullo Karimovlar tomonidan 44 nafar bitiruvchilarining ijrosini baholandi.
Talabalar dasturda belgilangan barcha asarlarni: Yirik shakldagi asarlar, qardosh va xorijiy kompozitorlar asarlari xalq kuylari yo‘llaridan va bastakor ijodidan namunalarni to‘liq ijro etdilar.
Barcha jarayonlar karantin talabalariga qa’tiy rioya qilgan holda va masofadan onlayn tarzda amalga oshirildi.
Talabalar ijrolari va bitiruv malakaviy ishi himoyasi alohida baholanib, DAK raisi tomonidan umumiy ball qo‘yildi. Baholash 100 ballik tizimda o‘tkazildi.

Share

Tavsiya etilgan