O’zbekiston davlat konservatoriyasida onlayn attestatsiya

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida joriy yilning 12 iyun kuni «Estrada xonandaligi» kafedrasi bitiruvchi kurs talabalari yakuniy davlat attestatsiyasini masofadan onlayn tarzda topshirishdi. Davlat attestatsiyasi komissiyasi raisi O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov bilan birga kafedra mudiri R.Islamova, professor D.Amanullaeva, katta o‘qituvchi N.Amanova kotibaligida jami 22 nafar bitiruvchini ijro dasturlari eshitilib, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra baholandi.
Barcha jarayonlar karantin qonun qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda olib borildi.
Tavsiya etilgan

Diqqat e’lon!
Aprel 9, 2021

Yangilik
Aprel 7, 2021

Universitet kasaba uyushmasi kubogi
Aprel 3, 2021