O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning tavallud ayyomi

O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning tavallud ayyomi

1920 yil 10 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O‘zbekiston Qahramoni (1999). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968).

«Er yurak» (1942), «Farg‘ona hikoyalari» (1948), «Cho‘l burguti» (1960), «Cho‘l oqshomlari», «Odam va bo‘ron, «Yo‘qotganlarim va topganlarim» (1998), «Qorako‘z majnun» (2001), «Kiprikda qolgan tong» (2003) kabi asarlar muallifi. «Ufq» trilogiyasi (1964—74), «Jimjitlik» romani (1988), «Xandon pista» (1994), «Bir o‘pichning bahosi» (1995) hajviy to‘plamlari, 3 jildli «Tanlangan asarlar»i (2000) nashr etilgan.

Uning yumoristik mahorati «Kelinlar qo‘zg‘oloni» (1976), «Kuyov» (1986) komediyalarida yorqin namoyon bo‘lgan. «Kelinlar ko‘zg‘oloni» dunyoning ko‘plab mamlakatlarida sahnalashtirilgan.
2007 yil 5 dekabrda Toshkent shahrida vafot etgan.«Do‘stlik» (1996), «Buyuk xizmatlari uchun» (1997) ordenlari bilan mukofotlangan.

Share

Tavsiya etilgan