O’zbekiston davlat konservatoriyada bitiruv davlat attestatsiyalari o’tkazilmoqda

O'zbekiston davlat konservatoriyada bitiruv davlat attestatsiyalari o'tkazilmoqda

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
«Maqom cholg‘u ijrochiligi» kafedrasi 2020 yil 8-9 iyun kunlari bitiruvchi talabalari bilan onlayn tarzda Davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
DAK a’zolari:
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Axmadjon Dadaev (rais) boshchiligida,
Kafedra a’zolari:
Rifatilla Qosimov – kafedra mudiri, professor(a’zo),
Saloxiddin Azizboev – professor(a’zo),
Go‘zal Mo‘minova – o‘qituvchi(kotib).
Mazkur ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 25 nafar bitiruvchi talaba bo‘lib, barchasi Davlat attestatsiyasida ishtirok etishdi. Dasturda belgilangan barcha turkumli asarlarni, maqom cholg‘u kuylarini, xalq yo‘llaridan va bastakor ijodidan namunalarini to‘liq ijrolari tinglandi. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishi ximoyasi ham bo‘lib o‘tdi.
Barcha jarayonlar karantin talabalariga qa’tiy rioya qilgan xolda va masofaviy Online tarzda amalga oshirildi.
Talabalar ijrolari va bitiruv malakaviy ishi ximoyasi aloxida baholandi. va DAK raisi tomonidan umumiy ball qo‘yildi. Baholash 100 ballik tizimda o‘tkazildi.
Bitiruvchilar 4 yillik ta’lim olgan vaqtda yaratilgan barcha sharoitlar va ularga berilgan bilim hamda tarbiya uchun O‘zDK raxbariyatiga, ustozlariga minnatdorchilik bildirishdi. O‘z o‘rnida bitiruvchilarimizga kelgusi hayot yo‘llarida hamda ijodiy farliyatlarida omad tilab qolamiz.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Matbuot xizmati

Share

Tavsiya etilgan