1-IYUN XALQARO BOLALARNİ HİMOYA QİLİSH KUNİ

1-IYUN XALQARO BOLALARNİ HİMOYA QİLİSH KUNİ

1950 yildan e’tiboran 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlana boshlangan.
Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida (1924 yil), 1959 yil 20 noyabrda BMT ning Bosh Assableyasi tomonidan Bola huquqlari deklaratsiyasi qabul qilingan.
Eglantin Djebb ishlab chiqqan bola huquqlari deklaratsiyasi Jenevada 1924 yil 26 noyabr oyida Millatlar Ligasi Assambleesi tomonidan qabul qilingan. U besh asosiy tamoyildan iborat edi. Bular:
– bola mehnati;
– qulligiga qarshi;
– bola savdosi;
– balog‘at yoshiga yetmaganlar fohishabozligigiga qarshi kurash.
Bugungi kunda bu hujjatning asl nushasi Jeneva shahar arxivida saqlanadi. Unda Assambleya delegatlarining imzolari mavjud, xususan Eglantin Djebb, Yanush Korchak, Gyustav Ador, Shveytsariya Konfederatsiyasining sobiq prezidenti.
19.05.1919 – Londonda Djebb Eglantin va uning opasi Doroti Bakston tomonidan “Bolalarni qutqaring” britan tashkilotiga asos solindi. U Xalqaro Bolalar Havfsizligi Fondining dastlabki tashkiloti bo‘ldi.

Tashkilotning bosh maqsadi bolalarni himoyalash bo‘yicha xalqaro kuchli alyans tuzish, eng chekka mamlakatlarda ham o‘z vakillari bo‘lishi kerakligi nazarda tutilgan.
19.11.1919 – Shvetsiyada “Rada-Barnen” nomi ostida mamlakatda dastlabki bolalarni himoyalash bo‘yicha tashkilotga asos solingan. Uning asosida Elen Palmsherna (rais), yozuvchi Elin Vagner va Gerda Markuslar faol ishtirok etganlar.
1920 – Jenevada “Bolalarni himoyalash xalqaro tashkiloti” ga asos solindi. Unda alyansning kuchli a’zaolaridan “Bolalarni havfsizligi tashkiloti” va “Rada-Barnen” tashkil topgan edi.
23.02.1923 – “Bolalarni himoyalash xalqaro tashkiloti” tomonidan Jenenvada deklaratsiya qabul qilingan.
26.11.1924 – “Bola huquqlari deklaratsiyasi” Jenevada Millatlar Ligasining beshinchi Assambeleyasida ma’qullangan va tasdiqlangan.
Umuman olganda mazkur deklaratsiyaning besh tamoyili quyidagilardan iborat bo‘lgan:
1. Bolaning jismoniy va ma’naviy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozim.
2. Qorni och bolani to‘ydirilishi kerak; kasal bolaga yordam ko‘rsatilishi kerak; adashayotgan bolani tarbiyalab yo‘l ko‘rsatish kerak; yetim va uysiz bola og‘ir kunida yordam olishi kerak;
3. Bola qiyinchilik paytida birinchi bo‘lib yordam olishi kerak;
4. Bola unga bo‘lgan muhabbat muhitida yashashi va ekspluatatsiyaning barcha turlaridan himoyalanishi kerak.
5. Bola o‘zining eng yaxshi sifatlarining boshqalar foydasiga xizmat qilishi lozimligi ruhida tarbiyalanishi kerak.
Bolalar huquqlariga oid normalarning rasmiylashtirilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, “Bola huquqlari Deklaratsiyasi”da ko‘rsatib o‘tilganidek, “Bola aqliy va jismoniy jihatdan yetuk bo‘lmaganligi sababli maxsus qo‘riqlanish va g‘amxo‘rlikka, shu jumladan, tug‘ilishidan oldin va keyin ham yetarli darajadagi huquqiy himoyaga muhtojligi” ni e’tiborga olish hamda uni amalga oshirishdir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh 15 yosh deb tasdiqlangan. Bu yosh me’yori ko‘pgina davlatlar tajribasida qo‘llanib kelinayotganini ham aytish o‘rinlidir. Xususan, “Ishga qabul qilishda eng kichik yosh to‘g‘risida”gi (1976 yil 26 iyun, Jeneva) Konventsiyani ratifikatsiya qilgan Avstriya, Belgiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Koreya, Shveytsariya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ishga qabul qilishda eng kichik yosh sifatida 15 yosh belgilangan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dunyodagi 150 mamlakatdan 66 tasida 15 yosh, 48 tasida 14 yosh, 36 tasida esa 16 yosh ishga qabul qilishning eng quyi me’yori sifatida tan olingan.
BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konventsiyasi 1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dekabrda qo‘shilgan. U muqaddima, 3 qism, 54 ta moddadan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasiga asosan voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi belgilangan.
Har bir bolaning yashashi, kamol topishi uchun asosiy makon oila hisoblanadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 2-moddasiga muvofiq, ota-ona zimmasiga bolaning faravon hayot kechirishi va kamolga yetishi haqida g‘amxo‘rlik qilish, uning huquq va manfaatlarini himoyalash vazifasi yuklatilgan. Oilaning ichki hayotiga, bolalarning tarbiyasiga boshqalarning o‘zboshimchalik bilan aralashishiga, tarbiyasiga salbiy ta’sir o‘tkazishiga qonun yo‘l qo‘ymaydi.
Mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilish borasida institual tizim yaratilgan. Voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari, Ichki ishlar vazirligi qoshida “Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish markazlari”, shuningdek, bir qator fondlar tuzildi. “Sog‘lom avlod uchun”, “Bolalar sportini rivojlantirish”, Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazi, “Bolalar fondi” shular jumlasidandir.
2017 yilda esa “Bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazadigan axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
2008 yil 7 yanvarda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingan. U 4 bob 32 moddadan iborat.
Mazkur qonunning 3-moddasida: bola (bolalar) – o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga etgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar).
16 moddasida:
Pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanadi.
2019 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmagan 12 million 200 ming nafardan ortiq bola bor.
2019 yil 22 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimini joriy etilib va Kotibiyat tuzilmasida bola huquqlarini ta’minlash faoliyatiga ko‘maklashuvchi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 2 nafardan iborat sektor tuzildi.
“etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish belgilandi.
O‘zbekistonda bir yilda o‘rtacha 750-800 mingga yaqin bolalar tug‘ilishi qayd etilmoqda.

Share

Tavsiya etilgan