Olima Suyima G‘anieva xotirasiga bag‘ishlab onlayn-anjuman o‘tkazildi

Olima Suyima G‘anieva xotirasiga bag‘ishlab onlayn-anjuman o‘tkazildi

Hozirda jamiyatda kechayotgan tub o‘zgarishlar, ma’naviy tiklanishlar davrida katta avlod olimlar ishini davom ettirish, ilmda vorisiylik qadriyatlarini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni masalalar e’tiborga olinib, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan XX asr o‘zbek navoiyshunosligining dovrug‘li vakili, professor Suyima G‘anieva xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy “Yosh navoiyshunoslar” anjumani Zoom platformasida onlayn shaklda o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining «O‘zbek va xorijiy tillar» kafedrasi dotsentlari S.Xamdamova, S. Nurmatova hamda katta o‘qituvchi I.Shokirovalar ishtirok etdilar.
Mazkur anjuman Alisher Navoiy ijodiy merosiga, Suyima G‘anieva ilmiy asarlariga bugunning yoshlari ko‘zi bilan qarash yangi ilmiy mulohazalar, yondashuvlar asosida tahlil va targ‘ib etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Share

Tavsiya etilgan