MENİ KUTGİL

MENİ KUTGİL

Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil, juda intizor,
Kutgil, yomg‘ir zeriktirganda,
Meni kutgil, yoqqanida qor,
Atrofingni harorat qoplab,
eru ko‘kni chang tutganda, kut.
Boshqalarni uzatgan do‘stlar
Kechagina unutganda, kut.
Xat kelmasdan uzoq yerlardan,
Yuragingni qilganida qon,
Kutgil, senla birga kutganlar
Zerikkandan chekkanda fig‘on.
Meni kutgil va men qaytarmen,
Bo‘lsa hamki, ranging za’faron,
Yoring qaytmas, umidingni uz,
Deganlarga tilama omon.
Mayli, o‘g‘lim, singlim, volidam,
Aza ochsin men yo‘q tufayli.
Kutaberib sabri tugagan
Yoru do‘stlar, oshnolar, mayli,
Ayriliqqa berolmasdan tob,
Achchiq-achchiq ichsinlar sharob.
Ko‘zlaringga to‘lsa hamki, yosh
Faqat sen kut va ayla bardosh.
Meni kutgil va men qaytarman,
O‘limlarni qoldirib dog‘da.
Ishi o‘ngdan kepti desinlar
Kutmaganlar meni u chog‘da.
Yot tuyular kutmaganlarga,
Bunday ajib toleing saning.
Kuta-kuta meni ofatdan
Omon saqlab qolaolganing.
Qanday omon qolganligimni,
Yolg‘iz senga aytarman, sirdosh,
Kutaolding meni sen faqat,
Buyuk edi sendagi bardosh.

Share

Tavsiya etilgan