9 may Xotira va qadrlash kuni

9 may Xotira va qadrlash kuni

9 may – G‘alaba bayramining 75 yilligi mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami nishonlanmoqda. Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida kahramona, o‘lkamizni himoya kilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlangan.
Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o‘z Vatanini himoya qilishda joniga fido kilgan milliy kahramonlarimizni ruhini shod etib eslash ham farz ham karzdir. Insoniyat ikkinchi jahon urushida katnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda kahramonlarcha halok bo‘lganlar xotirasini aslo unutmaydi. Aynan shu maqsadga erishish yo‘lida Vatanimizning ertangi kuni, kelajagi bo‘lmish, bizning tayanchimiz va suyanchimiz bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash, farzandlarimizga zamonaviy bilim berish va ularni haqiqatan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish eng ustuvor vazifamiz yekanini hech qachon unutmasligimiz darkor.
Barchani «9-may Xotira va qadirlash kuni» bilan samimiy tabriklab, doimo yurtimiz osmoni musaffo bo‘lishini tilab qolamiz.

O‘zDK. Matbuot xizmati

Share

Tavsiya etilgan