Saxovat va ko‘mak umumxalq harakati doirasida.

Saxovat va ko‘mak umumxalq harakati doirasida.

Xalqimizga xos bag‘rikenglik, mehr oqibat va o‘zaro yordam kabi odamiylik fazilatlari bugun yurtdoshlarimizning yana bir maqsad yo‘lida birlashtirmoqda. Azaliy an’analarimiz qudratini aynan bugun Sirdaryolik brodarlarimizga ko‘rsatilayotgan beminnat yordam misolida ko‘rishimiz mumkin. Barcha elsevar yurtdoshlarimiz singari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi jamoasi ham Sardoba suv ombori fojiasidan jabr ko‘rganlarga sidqidildan, beg‘araz yordam ko‘rsatmoqda.
Joriy yilning 5 may kuni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani tomon insonparvarlik karvoni yo‘lga chiqdi.
Shu munosabat bilan mazkur xayrli ishga moddiy va oziq-ovqat kiyim-kechak, maishiy texnika, kanstovar va boshqa turda o‘z ko‘maklarini 04 may kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi binosiga va Turkiston san’at saroyiga yetkazdilar.
Sardoba suv ombori fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga yelka tutib, og‘ir damlarda ular dardiga darmon bo‘layotgan yurtdoshlarimizdan beg‘araz moddiy yordam karvonlari safi kun sayin kengayib bormoqda. Bunga sabab, shu zaminda yashayotgan har bir insonning vijdon uyg‘oqligi bilan insoniy burch va mas’ulitini chin dildan his etayotganligidir.
Insonparvarlik tadbirlari doirasidagi saxovat va ko‘mak umumxalq harakati davom etmoqda.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share