“Ajdodlar jasorati avlodlarga ibrat” onlayn tadbir.

“Ajdodlar jasorati avlodlarga ibrat” onlayn tadbir.

Joriy yilning 8-may kuni Oliy ta’lim vazirligi tashabbusi bilan 9 may – Xotira va qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushining 75 yilligi, o‘zbek xalqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasining targ‘ibotiga bag‘ishlangan “AJDODLAR JASORATI AVLODLARGA IBRAT” mavzusidagi onlayn tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Ushbu onlayn tadbirda buyuk g‘alabaga o‘zbek xalqining qo‘shgan hissasi va jasorati, davrga oid yangicha tarixiy faktlar, xujjatlar va materiallar talqinida xotira va qadr tushunchalarining mohiyati ochib bergan holda yoshlarga ajdodlar jasorati-avlodlarga ibrat namunasi sifatila e’tirof etilgan ma’ruzalar tinglandi. Ishtirokchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi  Matbuot xizmati

Share

Tavsiya etilgan