DIQQAT E’LON!!!

DIQQAT E'LON!!!

Hurmatli Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Prorektorlar, dekanlar, dekan oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilari va hodimlari habaringiz bor, joriy yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyatida roʻy bergan favqulodda vaziyat sababli hukumat komissiyasi tashkil etilib, ofat oqibatlarini bartaraf etish, aholiga har tomonlama yordam berish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Joriy yilning 5 may kuni Oʻzbekiston respublikasi madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani tomon insonparvarlik karvoni yoʻlga chiqadi.
Shu munosabat bilan mazkur xayrli ishga moddiy yoki boshqa turda (kiyim-kechak, maishiy texnika, kanstovar va hokazo) hissa qoʻshmoqchi boʻlganlar oʻz koʻmaklarini 04 may kuni soat 9-00da Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi binosiga yetkazishlari, naqd pul yordamlarini esa quyida koʻrsatilgan raqamlarga oʻtkazishlari mumkinligini maʼlum qilamiz.

Uzcard, Click, Payme
8600 3329 5320 6368

Viza plastik karta raqami:
4084 1700 0068 2767

OʻzDK rahbariyati

Share