Diqqat tanlov

Diqqat tanlov

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi (Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi) “KITOBXON TALABA” TANLOVIni eʼlon qiladi. Tanlov shartlari quyidagicha:
1-shart. Oʻzbek yoki jahon adabiyotidan birorta badiiy yoki ilmiy asar oʻqib, uning tahlili va taassurotlari haqidagi video-rolik taqdimoti (3 daqiqadan oshmasligi kerak).
2-shart. Oʻqigan adabiyoti haqida esse yozish (mazmun-mohiyati, taassurotlar va h.). Esse uchun talablar: matn A4 oʻlchamdagi formatda 4 betdan koʻp boʻlmagan, “Times new roman” – 14 shriftida, 1,5 intervalda, varaqning chap tomonidan 2,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm, oʻng tomonidan 1,5 sm joy qoldirilgan boʻlishi lozim.
Tanlovga ishlar 2020 yil 20 mayga qadar qabul qilinadi va 974545536 telegramm messendjeriga yuboriladi. Tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilinadi. Gʻolib va sovrindorlar sertifikatlar va mukofotlar bilan taqdirlanadi.

http://t.me/UzDK_5tashabbus

Share