Diqqat tanlov!!!

Diqqat tanlov!!!

Hurmatli Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi talabalari! Koronavirus pandemiyasi chogʻida uyda qolib, yoʻnalishingiz boʻyicha shugʻullanayotganingiz, mutahassisligingiz bilan bogʻliq koʻnikmalaringizni oshirayotganligingiz uchun Sizlarga minnatdorchilik bildiramiz. Sizlarning mustaqil taʼlim olishga va bilim olish yoʻllarini mustaqil izlashga qaratayotgan saʼy-harakatlaringizni qoʻllab-quvvatlagan holda hamda uyda kechayotgan vaqtingizni mazmunli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi (Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi) “KITOBXON TALABA” TANLOVIni eʼlon qiladi. Tanlov shartlari quyidagicha:
1-shart. Oʻzbek yoki jahon adabiyotidan birorta badiiy yoki ilmiy asar oʻqib, uning tahlili va taassurotlari haqidagi video-rolik taqdimoti (3 daqiqadan oshmasligi kerak).
2-shart. Oʻqigan adabiyoti haqida esse yozish (mazmun-mohiyati, taassurotlar va h.). Esse uchun talablar: matn A4 oʻlchamdagi formatda 4 betdan koʻp boʻlmagan, “Times new roman” – 14 shriftida, 1,5 intervalda, varaqning chap tomonidan 2,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm, oʻng tomonidan 1,5 sm joy qoldirilgan boʻlishi lozim.
Tanlovga ishlar 2020 yil 20 mayga qadar qabul qilinadi va @Iqtidorlitalabalarbot telegramm botiga yuboriladi. Tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi veb-saytida eʼlon qilinadi. Gʻolib va sovrindorlar sertifikatlar va mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Savollar bo’yicha 974545536 – Feruza Muxamedova-telegram messendjeriga murojaat qilishingiz mumkin.

#Uyda_qoling
#Taʼlim_oling
#Tanlov

Share