Ibn Sino va Musiqa ilm

Ibn Sino va Musiqa ilm

Ibn Sino, shuningdek, musiqa nazariyasiga oid asarlar ham yozgan boʻlib, ular ijodkorning ensiklopedik ishlarining bir qismidir:

“Davo kitobi”da “Ilmda musiqiy toʻplam”;

“Najot kitobi”da “Musiqa haqida kichik bayon”;

“Bilimlar kitobi” dagi musiqa boʻlimi.

Nazariy nuqtai nazardan Ibn Sino oʻrta asr anʼanalariga koʻra musiqani matematik bilimlar toifasiga kiritgan. U musiqaga tovushlarni oʻrganuvchi, ularnig mutanosib joʻrligi natijasida kuy hosil boʻluvchi fan deb qaragan. Pifagor taʼlimotidan kelib chiqqan holda, u musiqa sonlarga tegishli va ular bilan uzviy bogʻliqdir, deb bilgan.

Ibn Sino tarixda birinchi boʻlib musiqaga faqat matematik fan emas, balki jamiyatshunoslik, psixologiya, poetika, etika va fiziologiya nuqtai nazaridan ham qarab, musiqa tarixiga puxta ilmiy tayanchni asoslaydi.

Bilasizmi, Buyuk olim Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan kamonli asbob boʻlmish gʻijjakni ham ixtiro qilgan.

O’zbekiston davlat konservatoriyasi matbuot xizmati

Share