Koronavirusga qat’iyatlilik va tartib intizom bilan qarshi turamiz!

Koronavirusga qat’iyatlilik va tartib intizom bilan qarshi turamiz!

Hozirda yurtimizda koronavirus infeksiyasining (COVID-19) tarqalishi yurtimiz aholisini ham ma’lum ma’noda havotirga solmoqda. Keyingi kunlarda koronavirus tarqalishiga oid ko‘plab maqola va eshittirishlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilina boshladi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ham kerakli va lozim bo‘lgan barcha choralar ko‘rildi.

Hurmatli O‘zbekiston davlat konservatoriyasi jamoasi va talaba-yoshlari, sizlardan iltimos, avvalo vahimaga tushmang, dunyodagi ayrim mamlakatlarda kuzatilganidek – oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalarga o‘zimizni urishdan tiyishimiz kerak. Bunday vaziyatda ko‘chalarda, bozorlarda tarqalayotgan turli xil asossiz ma’lumotlarga ishonib qolmang.

Konservatoriyaning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib borilayotgan xabarlarni kuzatib borishingizni hamda berib borilayotgan tavsiyalarga amal qilishingizni so‘raymiz.

E’lon qilingan karantin bilan bog‘liq ayrim cheklovlarni to‘g‘ri tushunish hamda ularni buzmaslik barchamizning oldimizdagi eng asosiy vazifa, deb hisoblaylik. Vaholanki, bunday kasalliklarga qarshi turishda qat’iyatlilik va tartib-intizom juda katta samara berishi shubhasiz.

Ko‘p sinovlarni boshidan o‘tkazgan, ularni hamisha mardona yenggan dono xalqimiz ushbu sharoitda ham eng to‘g‘ri yo‘ldan borishiga ishonamiz…

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi  rektor v.v.b.,  professor A.Mansurov

Share