“Obod yurt” hayriya hashari

“Obod yurt”  hayriya hashari

Navro‘z umumxalq bayramini munosabati bilan nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida Hukumat farmoyishi qabul qilingan. Shu munosabat bilan 14 mart kuni G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining ko‘ngilli professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari tomonidan   hashar o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hududlarida, qoshidagi akademik litseylarida va talabalar turar joylarida “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish  xayriya hashari bo‘lib o‘tdi. Obodonlashtirish davomida ariqlar, yo‘laklar chetlari gulzorlarni atroflari yovvoyi o‘tlardan tozalanib, archalar va mevali daraxtlarga shakl berildi taglari yumshatildi va oqlandi, ekiladigan maydonlar sug‘orildi,  mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Hayriya xasharida Konservatoriya rahbariyati, jamoa hamda talabalari faol ishtirok etishmoqda.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share

Tavsiya etilgan