Konservatoriyada «Navruz paty»

Konservatoriyada "Navruz paty"

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 13 mart kuni ilk marotaba «O‘zbek va xorijiy tillar» kafedrasi professor-o‘qituvchilariva talaba-yoshlari tashabbusi bilan tayyorlangan «Navruz paty» deb nomlangan teatrlashtirilgan shou bayram dasturio‘zbek, rus va ingliz tillarida namoyish etildi.

Konservatoriyaning «Navruz paty» shousi barchamiz uchun sevimli bo‘lgan Farmonbibi hovlisidagi sumalak sayliga chet eldan tashrif buyurgan mehmon san’atkorlar o‘ziga xos komedik chiqishlar orqaliijro etilib, tomoshabinlarga bayromona kayfiyat ulashdilar.

Talabalar tomonidan sahnalashtirilgan ko‘rinishlarda Sharq halqlari,jumladan o‘zbek xalqining Navro‘z bilan bog‘liq urf- odatlari,an’analariniuch tildagi namoyishi,  yoshlar orasida ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini ulug‘lash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ommalashtirishga xizmat qilishda yaqindan yordam beradi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share