“Jaxolatga qarshi ma’rifat”

“Jaxolatga qarshi ma’rifat”

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 10 mart kuni “Jaxolatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi talaba-yoshlar o‘rtasida seminar tashkil etildi. Unda Shayxontoxur tumani kotibiyati mudiri Z.Iskandarova, KonservatoriyaningYoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘iF.Qurbonova, XQQ raisi S.Hamdamova, Magistratura bo‘limi boshlig‘iM.Abrorova hamda  Akademik ijrochilik fakultetining dekani D.Himmatovlar ishtirok etishdi.

Hozirda yoshlar dunyoning eng o‘tkir, faol, uddaburon, vatanparvar yoshlariga aylanishi, ularni fidoyilik, vatanparvarlik, tadbirkorlik, millatparvarlik, sadoqad kabi tushunchalargni yanada ko‘proq mahzini chaqishda butun jamoatchilik — mahalla, diniy ma’rifat va ma’naviy-ahlokiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslaxatchilar, imom-xatiblar, profilaktika noziri, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Yoshlar Ittifoqi” kabi ijtimoiy tashkilotlarning joylardagi mas’ullar birgalikda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda talabalarga ma’naviyati yuksak shaxs har xil oqimlarga qo‘shilmasligi, jaholat ta’siriga  har qanday holatda ham berilmasligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share