MUQADDAS AYOL

MUQADDAS AYOL

Joriy yilning 6 mart kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda rektor v.b, Avaz Mansurov so‘zga chiqib Konservatoriyada faoliyat olib borayotgan barcha ayollarni va talaba qizlarni bayram bilan  samimiy tabriklab, asosiy lavozimda ishlovchi  har bir professor-o‘qituvchi va xodima ayollarga 500000 so‘mdan pul mukofoti, “Kasaba uyushmasi” tomonidan esa sovg‘a hamda tabriknomalar bilan mukofotlanishlarini ta’kidladi.

“O‘zbek va xoriji tillar” kafedrasi dotsenti va “Xotin-qizlar” qo‘mitasining boshlang‘ich tashkiloti raisasi Sayyora Hamdamova Xusanovnani “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgani bilan tantanaviy ravishda qutlandi. O‘zbekiston davlat konservatoiyasi rahbariyati tomonidan ko‘p yillik samarali mehnati va 8 mart Xalqaro xotin-qizlar  kuni munosabati bilan 21 nafar  ayol professor-o‘qituvchi, xodima va talaba qizlar faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Ayol, mehr, muhabbat madh etilgan konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Bu qutlug‘ ayyomda hurmatli ayollarimizga eng samimiy, eng ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, birinchi navbatda muqaddas va mo‘’tabar Ona siymosiga ta’zim qilamiz. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir,oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘linglar!

 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

,

Share

Tavsiya etilgan