“Korrupsiyasiz soha” mavzusida davra suhbati

“Korrupsiyasiz soha” mavzusida davra suhbati

Joriy yilning 3 mart kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Korrupsiyasiz soha” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur davra suhbatida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori v.v.b. A.Mansurov,Davlat xavfsizligi xizmati xodimi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ta’lim muassasalarini va tarmoqni metodik ta’minlashboshqarmasi boshlig‘iS.Madievlar ishtirok etib professor-o‘qituvchilarga korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash  xususida fikr-mulohazalar yuritildi.  Respublikamizdagi ulkan islohotlar sabab t’lim tizimida ham tubdan o‘zgarishlar bo‘lmoqda.Kimning bilimi, qobiliyati, salohiyati bo‘lsa, o‘sha odam o‘qiydi, degan tamoyilga amal qilgan holda maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bois endilikda ta’limdagi korrupsiyani tag-tomiri bilan yo‘q qilishga astoydil kirishilgani to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tadbir so‘ngida korrupsiya harakatlaroqibatlari haqida hikoya qiluvchi videomaterial taqdim etildi. Konservatoriya professor – o‘qituvchilar o‘zlarining savollariga atroflicha javob oldilar.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

Matbuot xizmati

Share