“Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni muborak bo‘lsin

“Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni muborak bo‘lsin

Joriy yilning, 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova tomonidan jamiyat hamda davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishi, shuningdek onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni topshirildi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “O‘zbek va xoriji tillar” kafedrasi dotsenti va Xotin-qizlar qo‘mitasining boshlang‘ich tashkiloti raisi Sayyora Hamdamova Xusanovna ham ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Konservatoriyasi rahbariyati va jamoasi  Sayyora Xusanovnani  “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoniga sazovar bo‘lganliklari bilan qutlaydi!

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganlarga eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share