YOSHLAR OGOH BO‘LING

YOSHLAR OGOH BO‘LING

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 20.02.2020 yilda “Giyohvandlikka qarshi kurash”, “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish”, “Yoshlar o‘rtasida terrorizm va ekstrimizmga qarshi kurash asoslari” mavzusidagi talaba – yoshlar o‘rtasida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda IIB Jinoyat Qidiruv Bosh Boshqarmasi xodimi PodpolkovnigiE.Rahmatov, Shayxontoxur tumani Oqilon jo’me masjidi Imom Xatibi. Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisiS.Rustamov,Toshkent shaxar IIBB Jinoyat Qidiruv Boshqarmasi mas’ul xodimi PodpolkovnikiS.Xabibullaev, Sh.Otamurodov, Shayxontoxur tumani IIO FMB TEQKB mutaxassisi M.Rozummatov, Shayxontoxur tumani IIO FMB TEQKB mutaxassisi  S.Yakubovlar va O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova hamda psixolog I.Ro‘ziev ishtirok etishdi.

Mutahasislar tomonidan talabalarga giyohvandlik har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo‘liga g‘ov bo‘lish barobarida, ayniqsa, yigit-qizlarning salomatligi hamda kelajagi va hayotiga rahna solishi haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek Terrorizm va ekstremizm eng dolzarb muammolardan biriligini inobatga olib, terrorchilik-qo‘poruvchilik harakatlarining oldini olishda tashkil etilayotgan amaliy ishlarini yanada jadallashtirish, yoshlarimizni biror soniya xushyorlikni yo‘qotmaslik va alohida ma’suliyatni kuchaytirishni kerakligi aytilib, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo‘shish – har birimizning sharafli burchimiz deb bilib, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, talabami, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy  maqsad va vazifasi bo‘lmog‘i lozimligi ta’kidlandi.

Talabalar o‘zlarining  mavzuga oid qiziqtirgan savollariga  atroflicha javob oldilar. Tadbir so‘ngida Videomaterial taqdim etilib,O‘zDK Psixologi  yoshar o‘rtasida psixologik trening ham o‘tkazdi.

O‘zbekiston davlat konservatoryasi matbuot kotibi

 

Share