“Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida Senator bilan suhbat.

“Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida Senator bilan suhbat.

O‘zbekiston davlat kognservatoriyasida joriy yilning 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida korrupsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish asosida, aholining keng qatlamlarini xabardor qilish va ong-bilimlarini oshirishda maqsadli tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta zalida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, xodimlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Botir Djoldasovich  Matmuratov bilan “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Botir Djoldasovich  Matmuratov: Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.Mamlakatimiz o‘zi tanlagan taraqqiyot yulidan dadil odimlab  borar ekan, milliy manfaatlarimizni inobatga olgan holda olib borilayotgan izchil tashqi siyosat davlatimizning jahon xamjamiyati tomonidan e’tirof etilishini, xalqaro maydonda obru-e’tiborining ortib bormoqda.

Tadbir so‘ngida, O‘zbekiston halq xofizi Maxmudjon Tojiboev so‘zga chiqib, o‘z kasbiga sodiq, san’atni barcha narsalardan ustun bilguvchi, ustozlik maqomini e’zozlovchi halol va pok pedagoglar aynan Konservatoriyada faoliyat olib borishlarini aytib, korrupsiya balosiga qarshi doimo birga kurashishlarini ta’kidladi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektor v.v.b. Avaz Mansurov ham B.Matmuratov boshchilik qilayotgan qo‘mita faoliyatiga omad tilgan holda  ularni tashriflari uchun o‘zlari hamda jamoa nomidan minnadorchiliklarini bildirdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi matbuot xizmati

Share