JAMG‘ARMALAR BILAN HAMKORLIK

JAMG‘ARMALAR BILAN HAMKORLIK

Bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Madanit va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mutaxassislari bilan SSA LAB doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

SSA LAB – bu Toshkentdagi zamonaviy san’at markazining tadqiqotlar laboratoriyasi bo‘lib, unda qatnashish istagini bildirgan yoshlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jamg‘armaning maxsus loyihalarida ishtirok etish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Mazkur davra suhbatida iqtidorli talabalar, magistrlar va doktorantlar ishtirok etib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga kerakli javoblarni olishdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriya matbuot xizmati

Share