Tabiatimizni asrab-avaylaylik

Tabiatimizni asrab-avaylaylik

Tabiatni muhofaza qilish bugungi kunning eng dolzarb muammolardan biriga aylangan. Fan-texnika taraqqiyoti, turli demografik jarayonlar, global iqlim o‘zgarishi kabi bir qator ekologik muammolar bugun jahon hamjamiyatini asosli ravishda tashvishga solmoqda.

Bu borada mamlakatimizda ham keng ko‘lamdagi islohotlar amalga oshirilib, yerosti va yer usti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi davlat muhofazasiga olinib, ulardan oqilona foydalanib kelinmoqda. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi xududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hodimlar tashabbuslari bilan archa daraxtlari ekildi. Tabiatimizni asrab-avaylab kelgusi avlodlarga ham yetkazish har birimizning vazifamizdir.

O‘zbekiston davlat konservatoriya Matbuot xizmati

Share