O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabalarining malakaviy amaliyotlari

O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabalarining malakaviy amaliyotlari

Joriy yilning 27 yanvardan 15 fevralgacha O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 3-bosыich talabalari  Malakaviy amaliyotlarni Toshkent shahar Bolalar musiqa maktablarida, kollej litseylarda hamda viloyatlarda o‘tashdi.

Malakaviy pedagogik amaliyot davrida talabalar joylarda mutaxassis o‘qituvchilarning darslarini kuzatishdi, biriktirilgan o‘quvchilar bilan amaliy shug‘ullanib, tadbirlar o‘tkazishda yaqindan yordam berishdi.

Malakaviy amaliyot rahbari dotsent Gulchehra Abdullaevna Qurbonova amaliyot jarayonlarini doimiy ravishda nazorat qilib bordi. Hozirda  talabalarning malakaviy pedagogik amaliyot yakuniy hisobot imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

 

Share