E-LINE PRESS ELEKTRON JURNALI SEMINAR-TRENINGI

E-LINE PRESS ELEKTRON JURNALI SEMINAR-TRENINGI

Joriy yil 10 fevral kuni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida E-LINE PRESS elektron jurnallar bazasi menedjerii Yuliya Palovna Yem hamda Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Baxtiyor Shokirovich Ashurovlar hamkorligida navbatdagi seminar-trening oʻtkazildi. Unda konservatoriya professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, yosh olimlar ishtirok etishdi.
Mazkur treningda uchta resursga, yaʼni, www.oxfordmusiconline.com, www.academic.oup.com/journals hamda www.oxfordwesternmusic.com ochilgan bepul foydalanish imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Yosh olimlar, doktorantlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi
Matbuot xizmati

Share