BIZ ZOʻRAVONLIKKA BARHAM BERAYLIK

BIZ ZOʻRAVONLIKKA BARHAM BERAYLIK

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi E.Bositxanova tomonidan 2019 yil 12 noyabr kuni tasdiqlangan (12.11.2019 y № (/1-2825) “BMT Bosh Assamblsyasi tomonidan eʼlon qilingan 25-noyabr Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan xududlarda “Biz zoʻravonlikka qarshimiz!” shiori ostida aksiyalar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi”ni ijrosini taʼminlash maqsadida 12-fevral kuni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi tomonidan talaba – yoshlar oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda Shayxontoxur tumani 4-sonli IIB XQMB Katta inspektor, mayor G.P.Ishanxanova hamda VE va YOOʻXPTEG katta inspektor, katta leytenanti L.Yu.Yusufjonovlar ishtirok etishib, talabalrga oilaviy-maishiy zoʻravonlik – oilaning bir aʼzosiga nisbatan boshqa bir aʼzosi yoki aʼzolarining muntazam davom etib keluvchi, takrorlanib turuvchi zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha tavsiyalar berildi. Zoʻravonlik kim tomonidan qay shaklda amalga oshirilishdan qaʼtiy nazar albatta qonuniy javobgarlikka tortilinishi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi
Matbuot xizmati

Share

Tavsiya etilgan