Yoshlar sayli

Yoshlar sayli

        O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi,O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirli va Respublika Xotin-qizlar Qo‘mitasi hamkorligidagi, 8-fevral kuni Toshkent shahridagi «Botanika bog‘i» da Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Beshta muhim tashabbus doirasida yoshlar o‘rtasida navbatdagi ommaviy madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga tashrif buyurganlar yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’ati, kitobxonlik, sport, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash shuningdekboshqa yo‘nalishlariga qiziqishlarini oshirishga qaratilgan ko‘rgazmalar orqali iqtidorli yoshlarning ijodiy ishlaridan namunalar ko‘rsatishdi.

O‘zbekiston davlat konservatoiyasining ham iste’dodli talaba-yoshlarining kvartet, damli cholg‘ular, estrada cholg‘ulari, milliy cholg‘ular va dutorchi qizlar ansambllari o‘z san’atlarini  sayl ishtirokchilariga namoyish etishdi.

 

Share